Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi» - Prezident kadastr sohasida mavjud muammolar haqida

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda 23 mln gektar qishloq yerlarining elektron xaritasi yaratilgan. Bu haqda 21 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda Kadastr agentligi joriy yildan O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.
Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritilgan, 478 mingta obektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlangan. Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda. Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.
Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish obektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etilgan.
«Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.
Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p. Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz. Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi», deya prezidentning so‘zlarini keltiradi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil davomida hech kim shug‘ullanmagani, oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oila uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya olishi, na uni sota olishi qayd etib o‘tilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

11:32 / 23.06.2025
DXX Toshkent viloyatida kadastr xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘ydi

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

10:37 / 17.05.2025