Davlat kadastrlar palatasining Oqqörğon tuman filiali kadastr muhandisi öz xizmat mavqeyidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan özboşimçalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga 2024 yildagi “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun doirasida egalik guvohnomasini rasmiylaştirib, uy-joy quriş uçun ruxsat olib beriş evaziga 1200 AQŞ dollari talab qilgan.
DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda IJQK departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















