Jahon | 18:17 / 22.12.2021
3141
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda vaksinaning qo‘shimcha dozasi bilan emlanganlarga 100 dollardan beriladi

Yozda Nyu-York hokimiyati vaksinaning birinchi dozasini olganlarga 100 dollardan taklif qilgandi.

Foto: The New York Times

Nyu-York meri Bill de Blazio yangi yilgacha koronavirusga qarshi vaksinaning buster dozasi bilan emlanganlarga 100 dollardan berilishini e’lon qildi. 

U shuningdek, shaharda testlar soni ko‘paytirilishini ma’lum qilib, ko‘proq odamlar koronavirusga qarshi emlanishiga umid bildirdi.

"Bu AQShdagi eng katta rag‘batlantirish dasturi bo‘ladi va nyu-yorkliklar bunga qanday javob qaytarishlarini ko‘rmoqchiman", - deb yozdi u.

Blazioning qayd etishicha, rag‘batlantiruvchi mablag‘ emlash punktida emlanganlarga ham, uyda vaksina olganlarga ham beriladi.

Yozda Nyu-York hokimiyati vaksinaning birinchi dozasini olganlarga 100 dollardan taklif qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid