Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston parlamenti o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Mamlakatning amaldagi jinoyat kodeksida 17ta moddada o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan.
Qozog‘iston senati (parlament yuqori palatasi) o‘lim jazosini bekor qilish masalasi bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Tuzatishlarda o‘lim jazosini respublika jinoyat kodeksining barcha moddalaridan chiqarib tashlash taklif qilingan. Shunday qilib, mamlakat jinoyat kodeksida ozodlikdan umrbod mahrum qilish eng keskin jazo bo‘ladi.
Qonun senat tomonidan qabul qilinganidan so‘ng imzolash uchun Qozog‘iston prezidentiga yuboriladi.
Qozog‘istonning amaldagi jinoyat kodeksida 17ta moddada o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan.
Respublikada ayni paytda o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgan.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026