Rossiya eng ko‘p shartnoma imzolagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi. O‘zbekiston 7-o‘rinda
Rossiya eng ko‘p shartnomani Qozog‘iston bilan imzolagan. Kelishuvlarning aksariyati harbiy hamkorlik va kosmik sohaga oid.
Rossiya o‘tgan 30 yil davomida eng ko‘p shartnomani Qozog‘iston bilan imzolagan – 248ta. Bu haqda Istiqbolli boshqaruv qarorlari markazi ekspertlari ma’lum qildi. Kelishuvlarning aksariyati harbiy hamkorlik (24ta) va kosmik sohaga oid (23ta).
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Ukraina hamda Belarus joylashgan —231tadan shartnoma. Belarus bilan shartnomalar asosan kredit berish – 24ta, neft va gaz tranziti bo‘yicha – 17ta. Rossiya Ukraina bilan tuzgan shartnomalarning aksariyati esa turli mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha – 17ta shartnoma.
To‘rtinchi o‘rinda Armaniston – 161ta shartnoma. Rossiya bu mamlakat bilan eng ko‘p shartnomani harbiy hamkorlik bo‘yicha imzolagan – 34ta.
Xitoy bilan ham 161ta shartnoma imzolangan. Moskva va Pekin chegaralarni demarkatsiya qilish va yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazish borasida 14tadan shartnoma imzolagan.
6-o‘rinda Qirg‘iziston (154ta), 7-o‘rinda O‘zbekiston (121ta), 8-o‘rinda Tojikiston (120ta) va 9-o‘rinda Moldova (87ta) joylashgan.
AQSh 82ta shartnoma bilan 10-o‘rindan joy oldi.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
21:00 / 07.10.2024