Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Hindiston bilan chegarada robotlashtirilgan qurol joylashtirmoqda - OAV
Xitoy Tibetda Hindiston bilan chegarada robotlashtirilgan qurol joylashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi.
Xitoy hukumati Hindiston bilan chegaradagi Himolay tog‘larida kislorod kamligi va sovuq haroratlar sababli qiyinchiliklar his qiluvchi harbiylarga ko‘mak sifatida robotlashtirilgan qurol joylashtirishga qaror qildi.
Xitoy armiyasi bu maqsadda Himolayga 88ta boshqaruvchisiz mobil pulemyot qurilmasi Sharp Claw va 120ta ta’minot transport vositasi Mule-200’ni jo‘natgan.
2020 yil mayida Xitoy-Hindiston chegarasidagi Ladakh viloyatida ikki tomon harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi. Ular davomida ikki tomondan qurbonlar bo‘lgan. Shundan keyin ikki davlat ushbu hududga og‘ir artilleriya, tanklar va aviatsiya joylashtirgan. Harbiy va diplomatik darajadagi bir qator muzokaralardan keyin Pekin va Nyu-Dehli chegaradan qo‘shinlarni olib ketishni boshlagan, biroq bu jarayon hali ham oxiriga yetkazilmagan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026