Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aktam Muhammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Akbar Toshqulov ishlab kelgan edi.
Aktam Muhammadiyev prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda adliya vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Aktam Muhammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
U o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan. 2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Aktam Muhammadiyev avvalroq Toshkent davlat yuridik universiteti rektorligiga o‘tgan Akbar Toshqulovning o‘rniga vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mavzuga oid
09:09
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
10:20 / 08.07.2026
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026