Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda deraza panjarasiga osilib qolgan 4 yashar bola qutqarildi
3-qavatdagi uyda qarovsiz qolgan bola derazaga chiqib, panjaraga osilib qolgan. Uni Milliy gvardiya xodimlari qutqarishdi.

Foto: Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi
Hodisa 27 dekabr kuni 22-sonli harbiy shaharchadagi uylardan birida ro‘y bergan. Bolaning yordam so‘rab baqirgan ovozini hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari eshitib qolishadi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, qo‘shni mahallada obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanayotgan maxsus avtotransport vositasi zudlik bilan qutqaruv operatsiyasiga jalb qilingan va bola qutqarib olingan.
“Bola qutqarilgach, u uyda qarovsiz qoldirilgani, onasi uyni qulflab ishga ketgani aniqlandi. Xodimlarimiz ushbu hududda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektori yordami bilan bolaning onasiga qo‘ng‘iroq qilishadi. 2017 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bolakay hodisa oqibatida hech qanday jiddiy jarohat olmagan, u oilasiga sog‘-salomat topshirildi”, deydi Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Shuhrat Durmatov.
Mas’ullar Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bola qutqarilgunigacha qancha vaqt davomida panjarada osilib turgani noma’lumligi, lekin tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmaganiga qaraganda bu holatda uzoq vaqt qolib ketmaganini aytishdi.
Shunga o‘xshash voqea 2020 yil 14 yanvarida ham ro‘y bergandi. O‘shanda Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida qarovsiz qoldirilgan yosh bola 5-qavat derazasida osilib qolib, pastga tushib ketgani aks etgan video tarqalgan; uni qutqarib qolgan uch erkak Toshkent shahar prokurori tomonidan taqdirlangan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

11:42 / 22.07.2025
2024 yilda dunyo bo‘ylab 14 milliondan ortiq bola emlanmagan

12:18 / 17.07.2025
Bolalarni o‘tkir tig‘li buyumlar bilan urishtirgan bloger javobgarlikka tortildi

14:39 / 16.07.2025
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi

15:09 / 08.07.2025