Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya tomonidan xavf yo‘qligini ma’lum qildi
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga hujum qilishga mutlaqo tayyor emas.
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Rossiya tomonidan tahdid yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Politika Strani» Telegram-kanali.
«Bugungi kunda chegaralarda katta xavfni ko‘rmayapmiz. Rossiya Federatsiyasi tomonidan ochiq tajovuz xavfini ko‘rmayapmiz», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarada Rossiya qo‘shinlarining ko‘paytirilishi kuzatilmoqda, lekin bu xavotirli emas. Bu qo‘shinlarning Ukraina chegarasidan 200 kilometr masofada joylashganligi ayrim g‘arb mamlakatlari uchun yangilik bo‘lishi mumkin, deb ta’kidladi Danilov.
U shuningdek, Rossiya Ukrainaga hujum qilishga mutlaqo tayyor emasligini aytdi.
«Damingizni oling, yangi yilni tinchgina nishonlang», — dedi Danilov.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:34 / 10.07.2026