Jahon | 15:43 / 03.01.2022
4285
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada «omikron» shtammi bilan bog‘liq dastlabki o‘lim holatlari qayd etildi

3 yanvar holatiga Janubiy Koreyada «omikron» shtammini yuqtirish bilan bog‘liq 1318ta holat tasdiqlangan.  

Foto: Yonhap

Janubiy Koreyada koronavirusning «omikron» shtammini yuqtirgan ikki bemor vafot etdi, deb xabar berdi «Ryonxap» agentligi.

Bu mamlakatda yangi shtamm bilan bog‘liq ilk o‘lim holatlari hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, har ikki bemorning yoshi 90dan oshgan bo‘lib, ular shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.

Ularning o‘limidan so‘ng olingan testlarda «omikron» shtammiga musbat natija qayd etilgan.

3 yanvar holatiga Janubiy Koreyada «omikron» shtammini yuqtirish bilan bog‘liq 1318ta holat tasdiqlangan.  

Yangi shtamm noyabrda Afrikada aniqlangan va bugunga qadar dunyoning 100dan ortiq mamlakatida tarqaldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid