Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ma’muriyati vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtiriladi
O‘zbekiston AQSh, Kanada va Amerika mamlakatlari bilan strategik va har tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, AQSh bilan “Strategik hamkorlik muloqoti” va “S5+1” formatlari doirasida muzokaralarni tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, AQSh ma’muriyati, Davlat departamenti va Kongressi vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkillashtirish ham mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, Kongressdagi “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus” tarkibini kengaytirish nazarda tutilgan.
Amerika mamlakatlari tashkilotida doimiy kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha ham ishlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026