Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda kommunal xizmatlar uchun tariflar 1 iyulgacha oshirilmaydigan bo‘ldi
Suv, issiqlik, gaz va elektr ta’minoti tariflari oshirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi.
Qozog‘istonda kommunal xizmatlar uchun tariflar 1 iyulgacha oshirilmaydi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
«Kommunal xizmatlar uchun tariflar 2022 yil 1 iyulga qadar oshirilmaydi. Kommunal xizmatlar, ya’ni suv, issiqlik, gaz va elektr ta’minoti tariflari oshirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi», — deyiladi xabarda.
1 yanvar kunidan hukumat suyultirilgan gaz narxini ikki baravarga — 60 tengedan 120 tengega (taxminan 1500 so‘mdan 3000 so‘mga) ko‘targandi.
2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblasti Janao‘zen shahrida avtomobil egalari bundan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqishdi.
3 yanvar kuni hukumat namoyishchilar talablarini bajara olmasligini bildirdi — narxlarni avvalgi holatga qaytarish mumkin emasligi, chunki bu «bozor qonunlari»ga to‘g‘ri kelmasligini aytishdi.
Ko‘p o‘tmay Aqtau oblasti markazida namoyishlar boshlandi, keyingi kunlarda namoyishlar to‘lqini Qozog‘istonning boshqa barcha yirik shaharlariga yoyildi.
4 yanvar kuni hukumat komissiyasi gaz narxini 50 tengega tushirishni va’da qildi. Ammo namoyishlar to‘xtamadi. Ommaviy namoyishlar fonida hukumat iste’foga chiqdi.
Namoyishlar sabab o‘nlab insonlar halok bo‘ldi. Tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar 200 million dollar deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026