10:24 / 10.01.2022
9453

Qishki ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilar maoshiga ta’sir qilmaydi - XTV

Qishki ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qishki ta’til kunlari uzaytirilganligi haqida e’lon qilingan xabardan so‘ng o‘qituvchi va ota-onalardan ko‘plab savollar yo‘llangan.

Vazirlik ma’lumotida aytilishicha, umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab boriladi, ya’ni oylik maoshga ta’sir qilmaydi.

Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda maktablarda ham qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda OTM talabalari va maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlangandi.

6 yanvar kuni Oliy ta’lim vazirligi talabalar uchun qishki ta’til muddati uzaytirilgani haqida xabar bergan, Xalq ta’limi vazirligi esa o‘quvchilar odatdagi kabi 11 yanvardan maktablarga qaytishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top