Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Xabar qilinishicha, Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan besh nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan.
Qirg‘izistonning ikki nafar fuqarosi Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
"10 yanvar holatiga ko‘ra, huquq-tartibot kuchlari o‘tkazgan tadbirlar natijasida besh nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan, ommaviy tartibsizliklar vaqtida ikki nafar qirg‘iz fuqarosi halok bo‘lgan", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, mamlakat xavfsizlik qo‘mitasi, TIV va IIV "og‘ir huquqiy holatga tushib qolgan Qirg‘iziston fuqarolari sonini aniqlash bo‘yicha qozog‘istonlik hamkasblari bilan ikki tomonlama aloqada bo‘lib turibdi".
Xabarga ko‘ra, "qo‘lga olingan fuqarolar kerakli tekshiruv tadbirlaridan so‘ng qo‘yib yuborilmoqda".
"Shu munosabat bilan Qozog‘istondagi vatandoshlarimizni xotirjamlik va tushunishga chaqiramiz", - deyiladi xabarda.
Avvalroq Qirg‘iziston hukumati Qozog‘istonda bo‘lib turgan va o‘z vataniga qaytish istagida bo‘lgan mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlagandi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024