Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT kotibiyati qo‘shinlar Qozog‘istondan 10 kun davomida olib chiqib ketilishini tasdiqladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev KXShT bosh kotibi Stanislav Zas bilan uchrashdi.
Qozog‘istondan KXShT qo‘shinlarini olib chiqib ketish 13 yanvarda boshlanadi va 10 kun ichida yakunlanadi, deb ma’lum qildi KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov.
"12 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nur-Sultonda KXShT bosh kotibi Stanislav Zasni qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ittifoqchilarga tinchlikparvarlik operatsiyasi o‘tkazgani va terrorchilik hujumi sharoitida ko‘maklashgani uchun minnatdorlik bildirdi. Qozog‘iston prezidenti KXShT tinchlikparvarlik missiyasi yakunlanganini e’lon qildi", - dedi u.
Zaynetdinovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istondan KXShT qo‘shinlarini olib chiqib ketish 13 yanvarda boshlanadi va 10 kun ichida nihoyasiga yetadi.
Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketganidan so‘ng To‘qayev KXShTga tinchlikparvar kuchlar kiritilishini so‘rab murojaat qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonga 2030 nafar tinchlikparvarlik kuchlari xizmatchilari va 250 dona texnika kiritilgan.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026