Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 yanvardan O‘zbekistonga kirishda yangi cheklovlar amal qiladi
O‘zbekiston hukumati 15 yanvardan mamlakatga xorijdan kirib keluvchilar uchun karantin talablarini kuchaytirgan.

Foto: Uzbekistan Airways
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi omikron kirib kelishi munosabati bilan 9 yanvar kuni navbatdagi cheklov choralarini e’lon qilgandi.
Unga ko‘ra, 15 yanvardan:
- Xorijdan kirib keluvchilar (avtomobil harakati bundan mustasno) manfiy natija bergan PsR-test to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak (kamida 48 soat oldin olingan).
- Agar PsR-test bo‘lmasa, aeroport/vokzal/chegara o‘tkazish punktlarida ekspress test topshirishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, Umra ziyoratidan qaytadigan O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni hududida PsR- yoki ekspress-test topshiradi. Test natijalari o‘zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinadi. O‘zbekistonga faqat manfiy natija ko‘rsatgan holda qaytish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Dubaydan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchisida koronavirusning yangi shtammi aniqlangandi. So‘nggi hafta davomida mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari ortib bormoqda - so‘nggi kunda 714 kishiga tashxis qo‘yilgan (bir kun oldingi ko‘rsatkich 604ta edi).
Tavsiya etamiz
Binyamin Netanyahu «yaroqsiz» ovqatdan zaharlandi
Jahon | 08:11 / 21.07.2025
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47 / 20.07.2025
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan avtomobil to‘xtatildi
O‘zbekiston | 10:35
-
Qator hududlarda issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 10:13
-
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Ta’lim | 10:01
-
“Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning I yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

19:02 / 10.08.2023
JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi

18:41 / 09.01.2023