SSV matbuot xizmati 7 yanvar kuni Özbekistonga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi omikron ştammi aniqlangani haqida xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari ortib borayotgani, uşbu kasallikka qarşi zarur çoralar körişni davom ettiriş lozimligi qayd etildi.

Komissiya qarori bilan jamoat joylarida niqob taqiş, ijtimoiy masofa saqlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etiş ustidan nazorat kuçaytiriladi. Bunda, barça taşkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, köngiloçar muassasalarning kiriş qismida niqobda böliş, ijtimoiy masofa saqlaş, tana haroratini ölçaş amaliyotiga qat’iy rioya etilişi ta’minlanadi.

Soğliqni saqlaş vazirligi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Din işlari böyiça qömitaning fuqarolar Umra ziyoratlaridan qaytişida koronavirusga PZR yoki ekspress testni Saudiya Arabistoni hududida özbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinişi va manfiy natijasiga muvofiq kirib kelişini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Aholini töliq emlaş va buster doza bilan emlaş işlari jadallaştiriladi.

Vazirlik va idora rahbarlari, taşkiliy şaklidan qat’i nazar, barça taşkilotlarda işçilarning emlangandan söng iş joylariga kiritişga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan taşkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy çora köriladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarşi töliq emlaş çoralari köriladi. Uşbu tadbirlarga OTM rahbarlari şaxsan mas’ul etib belgilanadi.

Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2022 yil 15 yanvardan boşlab quyidagi tartib joriy qilinmoqda:

  • xorijiy davlatlardan Özbekiston Respublikasiga taşrif buyuruvçilar kelişidan kamida 48 soat oldin topşirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi böyiça manfiy körsatkiçli ma’lumotga ega bölişi; 
  • koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi böyiça manfiy körsatkiçga ega ma’lumotnoma bölmaganda, aeroport, temir yöl vokzallari va çegara ötkaziş punktlarida taşkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topşirişi şart.