Baliqchilik klasterining xonadonlar bilan kooperatsiya asosida ishlash tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi

Prezidentning “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Jizzax viloyatida tashkil etilgan baliqchilik klasterining aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi.
Bunda, baliqchilik xo‘jaliklari xonadon egalarini baliq yetishtirish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi, ularga baliq yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, baliq chavoqlari, omuxta yem, mineral o‘g‘itlarni yetkazib beradi hamda ular tomonidan yetishtirilgan baliqni kelishilgan narxlarda sotib oladi, xonadon egalari o‘z xonadonlarida intensiv usulda yetishtirilgan baliqlarni kelishilgan narxlarda ularga sotadi.
2022 yil 1 fevraldan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub’yektlar uchun foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida belgilanadi.
2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 700 ming tonna baliq yetishtiriladi.
2022 yil 15 yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida xonadonlarda baliq yetishtirish uchun ajratiladigan kredit BHMning 150 baravaridan 300 baravarigacha oshiriladi. Intensiv usulda xonadonlarda baliq yetishtirish loyihalarini moliyalashtirishga 200 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 2 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratiladi.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga “baliqchilik” ixtisosligi kiritiladi. 2022 yildan Toshkent davlat agrar universiteti va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantura bosqichlariga “Baliqchilik” ixtisosligi bo‘yicha har yili 2 tadan o‘rin ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:46
-
Rossiyada 2008 yildan beri eng yuqori kadrlar tanqisligi qayd etildi
Jahon | 09:40
-
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak
Jahon | 09:33
-
Qamchiq dovonida “Vaz-2106” avtomobili xandaqqa tushib ketdi
Jamiyat | 08:50
Mavzuga oid

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025