AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" media korporatsiyasiga öz faoliyatini moliyalaştiriş uçun AQŞ Kongressi tomonidan tasdiqlangan mablağdan 12 million dollarni ajratişi kerak. AP agentligining 30 aprel, çorşanba kuni xabar berişiça, AQŞ Global media agentligi (USAGM) aprel oyida uni moliyalaştirişda davom etişini ta’minlaş uçun federal sudya Roys Lambert tomonidan çiqarilgan vaqtinçalik qarori şuni nazarda tutadi.

Sudya Lambert AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kongress tomonidan ma’qullangan mablağni bir tomonlama bekor qila olmaydi degan xulosaga keldi, deb yozadi naşr.

RFE huquqşunoslarining aytişiça, Tramp ma’muriyati mustaqil jurnalistlar bilan deyarli barça şartnomalarni bekor qilgan, ijara tölovlarini tölab bermagan va 122 xodimni işdan böşatgan. Agar mablağ tiklanmasa, 1 may kuni köproq iş örinlari qisqartiriladi va köproq şartnomalar bekor qilinadi, deya xabar beradi AP. Öz navbatida, AQŞ hukumati advokatlari nizo Federal da’volar sudida körib çiqilişi kerakligini ta’kidlamoqda.

2025 yilning oktyabrigaça "Ozodlik radiosi" AQŞ federal hukumatidan mediakompaniya faoliyati uçun Kongress tomonidan ajratilgan yana 77 million dollarni olişi kutilmoqda.