15 yanvar kuni keçasi Andijon viloyatida viloyat perinatal markazi hovlisidagi 12 tup daraxt kesib taşlangani haqidagi xabarlar blogerlarning qizğin muhokamalariga sabab böldi. Ma’lum bölişiça, Andijon şahar obodonçilik korxonasi xodimlariga daraxtlarni kesiş buyruği viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov tomonidan berilgan.

«Qirğindan omon qolgan har bir daraxtga medal beriş kerak»

Jurnalist Muhrim A’zamxöjayev öz blogida daraxtlarga qarşi qirğindan omon qolgan har bir daraxtga medal beriş haqidagi kinoyaomuz taklifini ilgari surdi.

«Köngilni oğritadigan biror xabar eşitsang, u xabar Andijonga taalluqli bölsa, şu xabarning, qoida tariqasida: «Bu işlar boşida hokimbuva turibdi emiş», degan davomiyam böladi-ya, nuqul.

Özbekistondagi daraxtlarga qarşi joriy qirğindan omon qolgan har bir 5-10 yoşdan katta daraxtga hozirdan har yili medalmi, ordenmi beraveriş kerak, menimça. «Qahramon daraxt» deganmi, şunga öxşaşroq nom bilan.

Prezident joriy etgan moratoriydan ham (özi, umuman olganda, heç kim va heç narsadan) qörqmaydigan hokimlarimiz, ekopolitsiyalarimiz, ekoqömitalarimiz va daraxtlarimiz himoyasi uçun mas’ul barça davlat vallomatlarimizning sanoqsiz arralaridan «qoçib», keyingi şunday vallomatlarimiz hukmronligigaça eson-omon yetib olgan har bir daraxtimiz, şubhasiz, milliy qahramonimizdir. Ularni uruş faxriylari sifatida ardoqlaş lozim».

«Hokimbuva, muqaddas narsa bormi özi siz uçun?»

Daraxtlar qirğini masalasida bloger Şahnoza Soatova ham fikr bildirdi.

«Andijon viloyatida viloyat perinatal markazi hovlisidagi daraxtlar şanba kuni keçasi (!!!) kesilmoqda. Perinatal markaz bu — ayollar közi yoriydigan, çaqaloqlar tuğiladigan maskan. Daraxtlar ularga havoni tozalab berardi. Hokimbuva, muqaddas narsa bormi özi siz uçun?

Umuman, daraxtlarni jinoyatkorona kesişga buyruq berayotgan hamma-hamma, sizlarda-çi?» deb yozdi u.

Andijon viloyati hokimligi – «