Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarning asosiy mavzularidan biri — Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Özbekistonga kirib kelişda koronavirusni aniqlaş uçun majburiy test olinişi bölmoqda.

Toşkent xalqaro aeroportidagi yölovçilar takroriy test olinişi va uzun navbatlar yuzaga kelganidan norozi bölgani aks etgan videolar xorijiy telegram kanallarda ham aylanmoqda. Videolarda ötkaziş punktida yuzlab odamlar töplanib qolişi virus tarqalişi uçun qulay şaroit hosil qilganini köriş mumkin.

Kun.uz muxbiri Toşkent xalqaro aeroportida bölib, yölovçilarning holat böyiça fikrlarini oldi. Yölovçilarning köpçiligi test uçun ikki marta xarajat qilayotgani, poytaxtdagi aeroportdagi şaroitlar talab darajasida emasligi, bu talab tufayli köp vaqt yutqazayotgani böyiça e’tirozlarini bildirişdi.

Quyida ularning ayrimlarining fikrlari keltiriladi:

«Bir tomonda test oliş yetarli. Ovoragarçilik bölyapti. Uyoqda tez böldi, bu yerda aeroport kiçiklik qilyapti. Bir reys yölovçilari 10-15 guruhga bölingan...»

«Kelayotganda şart emasdi. Hozir hamma kutib qoldi. Eng oxirgi bölib çiqdim...»

«Menimça, bir marta yetarli. Qaysi şahardan çiqayotgan bölsa, öşa yerda test topşirib, manfiy natija bilan çiqib ketaveriş kerak. Bir tomonlama qilsa böladi...»

«Istanbul orqali kelyapman. Testni Rigada topşirganman, hozirgaça 24 soat ötmadi. Lekin bu yerda ham test topşirişga majbur böldim. Bunga munosabatim salbiy. Kerak emas. Hali 24 soat bölmadi... Ortiqça xarajat»

«Bu ğalati. Uyoqda topşirganmiz, böldi-ku. Ğalati iş qilib qöyişibdi»

«Buni oşiqça tölov deb öylayman. Buni bir joyda taşkillaştiriş kerak, yoki Turkiyada yoki Özbekistonda. Ikki hukumat kelişgan holda qilsa böladi...»

«Domodedovo» aeroportida 2 ming rublga test topşirib, samolyotga çiquvdim. Özbekistonga kelib tuşdik hamki, yana 5 dollar tölab, qaytadan ekspress-test topşirtirişyapti. Rost, oxirgi pulimni şunga töladim, boşqa pulim yöq, taksilar esa pulsiz olmayapti. Umuman, buning hammasi pul uçun bölayotganini bilaman. Jin ursin bunaqa qaroqçilikni»

Kun.uz yana bir bor Maxsus komissiya yölovçilarga noqulaylik tuğdirayotgan qarorini qayta körib çiqişi va barça uçun qulay yeçim topişiga umid bildiradi.