Havo ifloslanişiga qarşi maxsus komissiya

Toşkentda havo ifloslanişi bilan boğliq ekologik inqirozning joriy mavsumdagi uçinçi haftasiga kelib, mavjud muammoga nisbatan davlatning javob çoralari safarbarlik tusini oldi. Duşanba kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva huzurida yiğiliş bölib ötdi va şu kuni “Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida” prezident farmoni imzolandi.

Farmonga asosan, prezident maslahatçisi – Ekologiya qömitasi raisi – Ekopolitsiya boşliği Aziz Abduhakimov raisligida respublika maxsus komissiyasi tuzilib, unga katta vakolatlar berildi. Şundan keyin poytaxt havosining ifloslanişiga qarşi reydlar keskin kuçaytirildi: gazdan uzilib şina yoqayotgan issiqxonalar, filtr örnatmagan sanoat korxonalari, hammayoqni çangitayotgan quriliş kompaniyalari, usti oçiq holatda quriliş materiallarini taşiyotgan yuk maşinalari – reydlar nişoniga aylandi.

Safarbarlik şu darajaga yetdiki, dudburonsiz şaşlik pişirayotgan kafelar, köçada (jamoat joyida) sigaret çekib turgan odamlar ham javobgarlikdan çetda qolmadi.

Qiziği, ötgan bir hafta içida birorta ham yangi qonun qabul qilingani yöq, faqatgina mavjud qonunlar köproq işlay boşladi xolos. Atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça normalar qonunçilikda şu paytgaça ham bor edi, lekin “yuqoridan” topşiriq bölmagunça, ular aksariyat holatlarda oppoq qoğozdagi bejirim yuridik matnligiça qolayotgan edi. “Çang-gaz filtri? Nima u?” deb söraydigan korxonalar, “quriliş bölgandan keyin çangiydi-da” deydigan quruvçilar oxirgi 1-2 hafta içida ehtimol umrida birinçi marta Qonun oldidagi