Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar qaysi oylarda ko‘proq to‘y qilayotgani ma’lum bo‘ldi
Qaysi oyda eng ko‘p nikoh holatlari qayd etilgani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Foto: Kun.uz
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda respublika bo‘yicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Oylar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha oktyabr oyi yetakchilik qilmoqda - 35 706 ta nikoh holati.
Keyingi o‘rinlardan 34 390 ta nikoh holati qayd etilgan noyabr oyi va 31 741 ta nikoh holati kuzatilgan centyabr oyi joy oldi.
Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- avgust oyida - 31 518 ta;
- dekabr oyida - 28 273 ta;
- iyul oyida - 24 491 ta;
- mart oyida - 23 829 ta;
- iyun oyida - 22 127 ta;
- may oyida - 19 722 ta;
- yanvar oyida - 19 703 ta;
- aprel oyida - 17 236 ta;
- fevral oyida - 16 346 ta.
Avvalroq, O‘zbekistonda 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni ma’lum qilingandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 365 tani tashkil etgan. Shundan: ayollar – 1 287 nafar; erkaklar – 5 078 nafarga teng.
Mavzuga oid
15:05 / 16.03.2026
Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi
14:44 / 16.03.2026
MChJ O‘zbekistondagi eng ommalashgan biznes shakli bo‘lib qolmoqda
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
15:31 / 14.03.2026