Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 365 tani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, shundan: 

  • ayollar – 1 287 nafar;
  • erkaklar – 5 078 nafarga teng.

Avvalroq, yil boshidan beri qaysi hududda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 5120 ta holat.

Shuningdek, eng ko‘p ajrashish holatlari Farg‘ona viloyati (3917 ta holat), Samarqand viloyati (3793 ta holat) va Toshkent viloyatida (3770 ta holat) qayd etildi.