Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olti yil davomida birinchi marta Turkiya va Armaniston o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Pegasus Airlines va FlyOne Armenia aviakompaniyalari Istanbul va Yerevan o‘rtasida haftada uch martadan reyslarni amalga oshiradi.
Turkiya va Armaniston 2 fevraldan boshlab o‘zaro aviaqatnovlarni tiklaydi, deb xabar berdi Hürriyet gazetasi Turkiya transport va infratuzilma vazirligiga tayanib.
Ma’lum qilinishicha, Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasi haftada uch marta Istanbuldan Yerevanga reyslarni amalga oshiradi. Armanistonning FlyOne Armenia aviakompaniyasi ham haftada uch marta Yerevandan Istanbulga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Yerevan — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reys 1995 yilda ochilgan, ammo 2016 yilda Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng parvozlar to‘xtatilgandi.
O‘tgan yil dekabrda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Turkiya va Armaniston charter reyslarini tiklashini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
09:45 / 15.06.2026