19 yanvar kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligining “Vaksina.uz” Telegram-kanalida uy şaroitida qöllasa böladigan antigen-test sotuvga çiqqani e’lon qilindi. Bu – VivaDiagTM Pro SARS-CoV-2Ag nomli ekspress-test bölib, uning 1 donasi 15 ming sömdan sotilyapti.
“VivaDiagTM Pro SARS-CoV-2Ag ekspress-test insonda SARVS-CoV-2dan nukleokapsid oqsil antigenini tez, sifatli aniqlaş uçun möljallangan. Bu – öz-özini tekşirib köriş uçun test. U faqat dastlabki skrining test natijasini beradi. Uşbu test 16 yoşdan 69 yoşgaça bölgan şaxslarda burunda töplangan namunalarini tampon bilan uyda tekşiriş uçun möljallangan, 16 yoşdan kiçik va 69 yoşdan oşgan odamlardan namuna oliş va tekşiriş kattalar rahbarligida ötkazilişi kerak”, – deyilgan test haqidagi izohda.
Xöş, bu testning Özbekistonga kirayotgan yölovçilardan olinayotgan ekspress-testdan qanday farqi bor?
2022 yil 15 yanvargaça yölovçilardan ekspress-test oliş vakolati Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklatilgani sabab javob oliş uçun taşkilot matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga murojaat qildik. Uning aytişiça, bugungi kunda çegara punktlaridagi, ya’ni Özbekiston Respublikasi nazorat-ötkaziş punktlaridagi koronavirusga olinayotgan testlarning hammasiga bojxonaçilar javobgar.
“Xususiy firmalar belgilamaydi, bojxona belgilaydi, özlari narx qöygan, qanaqa işlatayotganini ham bilmayman. 2022 yil 15 yanvardan bojxona özi olib, özi ötkazadigan bölgan. Baholaşlari ham şunga qarab. Oldin ayrimlarida “Tibbiyot dunyosi” edi, şuning uçun 15 yanvardan çegara punktlarida xususiy firmalar qolmagan”, – dedi Bozorov.
Bojxona qömitasi matbuot xizmati rahbari Husan Tangriyev Özbekistonda barça çegara ötkaziş punktlarida koronavirus infeksiyasini aniqlaş xizmati faqat Davlat bojxona qömitasining Markaziy bojxona laboratoriyasiga yuklanganini tasdiqladi.
Unga köra, Maxsus komissiyaning topşiriği ijrosidan kelib çiqib, xalqaro aeroportlar, temiryöl vokzallari va avtomobil ötkaziş punktlarida – jami 31 ta çegara-bojxona postlarida koronavirus infeksiyasini aniqlaş uçun 240 nafardan ziyod yollanma tibbiy xodim va ma’lumotlarni axborot tizimlarida röyxatdan ötkazuvçi 200 nafardan ziyod operator işga olingan.












