Koronavirusning “omikron” ştammi Özbekistonda aniqlanganidan keyin Respublika maxsus komissiyasi 15 yanvardan mamlakatga kiriş çeklovlarini kuçaytirdi.

Yölovçilar Özbekistonga kirişidan kamida 48 soat oldin (avval 72 soat edi) topşirilgan PZR testining manfiy natijasidan taşqari, virusni aniqlaş uçun ekspress-test ham topşirişlari majburiy böldi. Test narxi qonunga zid ravişda xorij valutasida – 5 dollar deb belgilandi.

Natijada mamlakatdagi xalqaro aeroportlarda tiqilinçlar va noroziliklar yuzaga keldi, ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy tanqidlarga sabab böldi. 5 dollar narxni kim, qaysi asos bilan belgilagani haqida lom-mim deyilgani yöq.

Dunyoda koronavirusni aniqlaşning oltin usuli deb e’tirof etilayotgan PZR testdan ötgan yölovçi takror test topşirişiga ehtiyoj bormi?

PZR va ekspress-testning farqi

Takroran test topşirtirişni xavfsizlik yuzasidan deb atayotgan Maxsus komissiya, PZR testi natijasiga işonmaydimi yoki virus PZR test topşirilgandan keyin yuqişi mumkin deb taxmin qilyaptimi?

Xalqaro tadqiqot va naşrlarda PZRga yuqori samaradorlikda koronavirusni aniqlaydi deya ta’rif berilgan. PZR testi teskari transkripsiyali polimeraz zanjir reaksiyasi yöli orqali burun va burun-halqum böşliğidan olingan namunadan koronavirusni aniqlaydi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bu testni laboratoriya şaroitida koronavirus tekşiriladigan eng aniq va işonçli yöl deb e’lon qilgan.

Ekspress-testlar koronavirus yuzasida maxsus oqsillarni aniqlaydi. Bu testlar natijasi 15–45 daqiqada aniq böladi, biroq tibbiy hamjamiyatda umum tan olingan fakt şuki, ekspress-testlar aniqligi böyiça PZR-testga tenglaşa olmaydi.

“Tezkor testlar PZR-ekspress ham deb yuritiladi. Ularning natijasi 15 minutda çiqadi. Testlarning içida eng aniq natija körsatadigani PZR hisoblanadi. PZR-ekspress tez aniqlab bergani uçun ham, natijasi PZR kabi aniq bölmasligi mumkin”, – dedi Kun.uz bilan suhbatda vraç-laborant Lola Törayeva.