Uzbekistan Airports axborotiga köra, 15 yanvardan Davlat bojxona qömitasi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati Özbekistondagi xalqaro aeroportlarning qöniş zallariga ekspress-test punktlari faoliyatini yölga qöyadi. Mamlakatga havo transporti orqali kirib kelgan barça yölovçilar koronavirus ekspress-testdan ötadi.

Test narxi 5 AQŞ dollari ekvivalentida belgilangan bölib, bu summa Markaziy bank kursi böyiça sömda undiriladi. 

«Valutani tartibga soliş töğrisida»gi qonunning (yangi tahrirda) 9-moddasiga köra, Özbekiston hududida tovarlar (işlar, xizmatlar) uçun barça hisob-kitoblar va tölovlar Özbekiston Respublikasi valutasida amalga oşiriladi.

Özbekiston hududida tovarlar (işlar, xizmatlar) uçun tariflar, narxlar faqat respublika valutasida belgilanadi.

Özbekiston hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarining çet el valutalariga va şartli birliklarga boğlanişiga yöl qöyilmaydi.

Alohida hollarda, davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlar va Özbekiston hukumati bilan investitsiya şartnomalari doirasida jalb etiladigan çet el investitsiyalari iştirokida amalga oşiriladigan loyihalar böyiça Özbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarining çet el valutalariga va şartli birliklarga boğlanişiga Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yöl qöyiladi.

Davlat bojlari, yiğimlari va boşqa majburiy tölovlar faqat Özbekiston Respublikasi valutasida undiriladi (bundan konsullik yiğimlari mustasno).

Aeroportning mamlakatga kirib keluvçilardan 5 dollardan tölov undirilayotgan qismi Özbekiston Respublikasi hududi ekan, Maxsus komissiyaning uşbu qarori ğayriqonuniy hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining 9 yanvar va 11 yanvardagi qarorlariga asosan, koronavirusning omikron ştammi tufayli 15 martdan boşlab Özbekistonga kirişda yangi tartib örnatilgan.