Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Istanbul va Farg‘ona – Istanbul reyslari bekor qilindi
Foto: Kun.uz
Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Istanbul va Farg‘ona – Istanbul reyslari bekor qilindi. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.
Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to‘liq to‘xtatilgani munosabati bilan (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi), Uzbekistan Airways AJ 2022 yil faqat 26 yanvar kuni bajarishi rejalashtirilgan HY–271/272 Toshkent - Istanbul – Toshkent va HY-277/278 Istanbul -Farg‘ona -Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha reyslari bekor qilindi.
Bekor qilingan parvozlar yo‘lovchilari chiptaning to‘liq qiymatini sotib olingan joyda qaytarish yoki 27 yanvar kuniga yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin har qanday kunga bepul ko‘chirish huquqiga ega.
Mavzuga oid
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
11:34 / 19.02.2026