Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanidagi maktab direktori «O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi» unvoni bilan taqdirlandi
Nigora Saidxo‘jayevaga «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida prezident farmoni imzolandi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Sergeli tumani 300-maktab direktori Nigora Saidxo‘jayevaga «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni berildi.
Unga unvon xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ezgu g‘oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatan va xalqqa muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajak egalari bo‘lgan yoshlar qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berilgani aytiladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda yuqori malakali o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi tashkil etilishi xabar berilgandi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
21:22 / 28.02.2026