2021 yilda axborot sohasini tartibga soliş yuzasidan bir qança loyihalar amalga oşiriladi. Bu – “2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida” prezident farmonida belgilangan.
Strategiyada 2022 yil dekabr oyigaça fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlarini himoyalaş maqsadida zamonaviy kommunikatsion dasturlar hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiş nazarda tutilgan.
Yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi ortişiga qarab soliq imtiyozlarini beriş tizimi yölga qöyiladi.
Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar davlat budjeti hamda homiylar va maqsadli jamğarmalar mablağlari hisobidan yaratilişi közda tutilgan.
Loyihani amalga oşirişga Axborot texnologiyalari vazirligi hamda “Kiberxavfsizlik” DUK mas’ul qilib tayinlandi. Xavfsizlik kengaşi kotibining birinçi örinbosari Eldor Aripov va Boş vazir maslahatçisi – IT-texnologiyalar telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği loyiha ijrosi ustidan nazorat qiladi.
Şuningdek, şaxsiy va sir saqlanişi lozim bölgan ma’lumotlarni Internet tarmoğida oşkor qiliş bilan boğliq daxlsizlik huquqlari buzilişining oldini oliş maqsadida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarning daxlsizlik huquqlari bilan boğliq moddalariga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritiladi.
Bundan taşqari, 2022 yil noyabr oyiga qadar axborot sohasini tartibga soluvçi yagona tizimlaştirilgan normativ-huquqiy hujjat – Axborot kodeksi loyihasi işlab çiqiladi.
Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalaniş madaniyatini oşiriş maqsadida, turli yoş toifasi uçun möljallangan öquv kurslari hamda onlayn dasturlarni ommalaştiriş nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, 2023-2026 yillarga möljallangan Özbekistonning kiberxavfsizlik strategiyasi işlab çiqiladi hamda kiberjinoyatçilik uçun jinoiy javobgarlik qayta körib çiqiladi.
“Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki”da yoşlarning kiberxavfsizlik asoslari böyiça öqitilişini ta’minlaş, hamda har yili talaba va öquvçilar orasida













