Jahon | 17:13 / 01.02.2022
6808
1 daqiqa o‘qiladi

Bahraynda AQSh boshchiligida yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Mashg‘ulotlarga 60dan ortiq mamlakatning 9 ming nafar harbiy xizmatchisi va 50ga yaqin kemasi jalb etiladi.

Foto: Reuters

Bahraynda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) boshchiligida International Maritime Exercise (IMX) 2022 va Cutlass Express (CE) harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda AQSh beshinchi floti ma’lum qildi.

Mashg‘ulotlarga 60dan ortiq mamlakatning 9 ming nafar harbiy xizmatchisi va 50ga yaqin kemasi jalb etiladi.

Harbiy-dengiz mashg‘ulotlarida Interpol, BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, Neft kompaniyalari xalqaro dengiz forumi kabi qator tashkilotlar ishtirok etadi.

Pentagonning ma’lumot berishicha, mashg‘ulotlarga 80dan ortiq dron va ekipajsiz kemalar jalb etiladi.

 

Mavzuga oid