Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda keksa kishining yuziga tepib qochgan yigitni maxsus muassasaga joylashtirish so‘raldi
Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida keksa kishining yuziga tepib qochgan yigit va uning sherigini maxsus ta’lim-tarbiya muassasasiga joylashtirish uchun sudga iltimosnoma kiritilgan. Ularning ota-onasi esa jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Voqea 2022 yil 24 yanvar kuni soat 19:00 larda sodir bo‘lgan. Samarqand shahridagi Qo‘shchinor mahallasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan O‘.A. o‘z mahalladoshi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga, tepib hodisa joyidan qochib ketgan. Ushbu jarayonni O‘.A.ning tanishi bo‘lmish 2006 yilda tug‘ilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan voyaga yetmagan O‘.A. va R.K.ning ota-onasiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan jarimaga tortilgan.
O‘.A. va R.K.ga nisbatan Respublika o‘g‘il bolalar ta’lim-tarbiya muassasasiga joylashtirish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga iltimosnoma kiritilgan. Hozirda ular vaqtinchalik saqlash uchun Samarqand viloyatidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
17:39 / 03.04.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi bolalar: obrazlar ortidagi xavflar
20:01 / 30.03.2026
Bolalar kontent qurboniga aylanyaptimi? Psixologlar ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan ogohlantirmoqda
21:36 / 26.03.2026
«Kontent emas, dizayn aybdor» - AQShda bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramligi bo‘yicha tarixiy sud yakunlandi
15:33 / 05.02.2026