Jahon | 15:29 / 01.02.2022
14467
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina armiyasidagi harbiylar soni yuz ming kishiga oshiriladi

Hozirda Ukraina armiyasidagi harbiylar soni 250 ming kishini tashkil etadi.

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, Ukraina armiyasidagi xizmatchilar soni 100 ming kishiga oshiriladi.

"Mazkur farmon bilan Ukraina qurolli kuchlari soni kelgusi uch yil davomida 100 ming kishiga oshiriladi", - dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat professional armiyaga o‘tishning boshlanishi hisoblanadi.

"Bu farmon tez kunlarda urush boshlanishi mumkinligi uchun emas. Bu farmon bundan keyin ham tinchlik bo‘lishi uchun", - dedi Ukraina prezidenti.

Hozirda Ukraina armiyasidagi harbiylar soni 250 ming kishini tashkil etadi.

Global Firepower Index reytingida Ukraina armiyasi dunyoda 22-o‘rinni egallagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid