#surishkerak - xavotirli trendmi yo tabiiy jarayon?
|22:46 / 02.02.202224 27014 min
Ijtimoiy tarmoqda monopoliya yo korrupsiya mavzusi kötarildi – #surishkerak. Ta’lim sifati past – #surishkerak. Qişloqda gaz, svet yöq, köçalar loy – #surishkerak... Qoniqmaslik kayfiyatidan kelib çiqqan bu trend kelgusida salbiy oqibatlar yaratadimi yoki u xavfsiz va tabiiy jarayonmi?
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlar – fuqarolar öz fikrini bildiradigan: tanqid qiladigan, maqtaydigan, şikoyat qiladigan yoki noliydigan, xullas, emotsiyalari-yu, qaraşlarini bemalol ifoda etadigan platformalarga aylanib ulgurdi.
Tarmoqlarda biror muammo kötarilganda #surishkerak degan şiorlar bilan fikr bildiriş esa bir neça yildan beri şakllangan an’anaga aylandi.
Sabablar haqida qisqaça
Odatda, bu ibora biror bir jiddiyroq muammo kötarilganda odamlar tomonidan oxirgi iloj çetga ketib öşa yerda yangi hayot boşlaş kerak, degan ma’noda işlatiladigan bölib qoldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining fikrlariga köra, quyidagi asosiy sabablar suriş fikriga kelişga sabab bölişi mumkin:
qonunlar yetarliça işlamasligi;
korrupsiya;
nepotizm;
qadrsizlangan aqliy mehnat;
monopoliyalar;
işsizlik, maoşlar kamligi.
“Ertaklarda hayvonlar Susambil degan ajoyib diyorni izlab ketgani kabi odamlarda ham çetga ketiş – suriş iştiyoqi uyğongan”, deydi Facebook faollaridan biri.
“Amerika ovozi” jurnalisti, öqiş sabab çet elga ketgan va AQŞda işlayotgan vatandoşimiz Behzod Mamadiyevning fikriça, rivojlanayotgan davlatlardan rivojlangan davlatlarga migratsiya kayfiyati şakllanişining 2ta sababi bor:
— ijtimoiy-siyosiy;
— iqtisodiy, ya’ni tirikçilik dardi.
“Rivojlanayotgan davlatlarda pul topiş imkoniyati qiyinroq bölgani uçun odamlar rivojlangan davlatlarga intilişadi. Hatto Yevropaning bir hududidan boşqa rivojlangan hududlariga migratsiya qiliş ham tabiiy holat. Ijtimoiy-siyosiy omil deganda esa erkinlikni nazarda tutdim. Inson işiga erkin borib kelsa, vijdon erkinligi ta’minlangan bölsa, özini erkin his qilişi mumkin.
Yana ba’zilar moddiy tomondan imkoniyati yaxşi bölsa-da, farzandlarini tarbiyalaş uçun çetga ketişi mumkin”, deydi Behzod Mamadiyev.
“#surishkerak trendi turli muammolar bilan köndalang qöyilyapti, lekin bu – tabiiy jarayon”
Mavzuga oid
Zavqiddin Gadoyev
Sotsiolog Zavqiddin Gadoyev çetga ketiş iştiyoqining kuçayişi migratsiya kabi tabiiy jarayon ekanini aytadi.
— Bugungi kunda mavjud bölgan turli ijtimoiy masalalar, mavzular #surishkerak şiori ostida kötarilyapti. Lekin migratsiya – tabiiy jarayon va butun dunyoda avvaldan bor bölib kelgan. Migratsiyada, asosan, yoşlar faol böladi va ular turli holat va maqsadlarda migratsiya qilişadi. Öqiş, iş bu maqsadlarning tarkibiy qismlaridan biri bölişi mumkin.
Lekin bugungi kunda aynan #surishkerak trendi turli muammolar bilan birga köndalang qöyilmoqda. Ijtimoiy muammolar har bir jamiyatda mavjud, bunday muammolarsiz jamiyat jamiyat böla olmaydi. Faqatgina ijtimoiy muammolarning mavjudligini örganadigan, ularni körsatib bera oladigan va hal qila oladigan mexanizm bölişi kerak. Rivojlangan dunyoning barça mamlakatlarida ijtimoiy sörov institutlari – sotsiologik tadqiqot institutlari faoliyat olib boradi va jamiyatning eng quyi qatlamidan yuqorisigaça örganadi. Bu institutlar jamiyat a’zolarining kayfiyatini örganib, hukumatga xulosalar berib turadi. Özbekistonda ham ijtimoiy sörov institutlari mavjud, lekin ularni tölaqonli faoliyat olib boryapti, deb bölmaydi.
Fikrimça, yoşlarning çet elga ketişga qiziqişi yomon holat emas, yaxşi holat. Çunki öziga bölgan işonç çet davlatda, ota-onadan uzoqda, yolğiz mustaqil holatda ham şakllanadi. Tarixda bobolarimiz ham uzoq davlatlarga ilm izlab borişgan. Lekin yoşlarning orqaga, vatanga qaytib olgan bilim va tajribalarini şu yerda amalga tatbiq etişi juda muhim. Buning uçun ularga şaroit ham yaratiş lozim. Biz esa hali-haligaça an’anaviy jamiyat sifatida saqlanib qolyapmiz.
Töğri, jamiyat an’analarsiz yaşay olmaydi, lekin ularni ham zamonga moslaştiriş, jamiyatning faol qatlami nuqtayi nazarini hisobga olgan holda özgartirib boriş lozim. An’analar deganda, töy marosimlari yoki boşqa kundalik odatlarimizga aylangan holatlarni kiritiş mumkin. Bu an’analarni soddalaştirsak, yoşlarga osonroq böladi.
Aytmoqçimanki, yoşlar çet elga ketayotganining asosiy sababi bu yerdagi qiyin hayot, ijtimoiy muammolarning köpligida ham emas. Muammolar hamma joyda ham bor, an’analarning köpligi, kattalarning yoşlarga ta’siri kuçliligi ham ularning ketişiga sabab bölişi mumkin.
#surishkerak kayfiyatining şakllanişi oldin murakkabroq bölgan, lekin hozir jahonni birlaştirib turgan internet orqali ham yoşlar çetdagi imkoniyatlardan köproq foydalanişyapti. Ular turli grantlar, iş takliflari orqali çetga çiqa olişyapti. Bundan taşqari, çet tiliga bölgan e’tiborning kuçayişi ham yoşlarning çet elga qiziqişini oşiryapti.
“Ta’lim tizimidagi adolatsizlik sabab çet elga ketganman...”
Muhammadsaid Fatullayev
Muhammadsaid Fatullayev ayni paytda Germaniyaning Şmalkalden amaliy bilimlar universitetida öqiydi. U oliy ta’limga kiriş imtihonlari nihoyatda korrupsiyalaşgan davr – 2014 yilda imtihon topşirgan va muvaffaqiyatsizlik sabab 2016 yilda çet elga öqişga ketgan.
“Çet elga ketişimga sabablar, aslida, köp. Lekin asosiysi – öşa paytdagi ta’lim tizimidagi adolatsizliklar, imtihondagi közböyamaçiliklar deb öylayman. Biz topşirgan vaqtlari faqat bitta OTMni tanlaş mumkin edi.
Toşkent moliya institutiga hujjat topşirib, imtihonda adolatsizlik qurboni bölganman. Nafaqat men, men bilan auditoriyada ötirgan boşqalar ham buni boşdan ötkazişgan. Öşanda kiriş imtihonida bir neçta bola “şpargalka” bilan qölga tuşgan, nazoratçilar özlarini ularni dastlab çiqarib yuborişmoqçi bölişganday tutişgan göyo. Biz – birinçi yil öqişga topşirayotgan soddalar, mayli neça yildan beri öqişga kira olişmayotgan bölsa, auditoriyadan çiqarmay qöyaqolinglar deganmiz. Imtihon oxirida esa aynan öşa bolalarga testlarni öqituvçilar işlab berayotganini körganman. Bu menga qattiq ta’sir qilgandi.
Öşanda özimga işonçim juda baland edi. Şuning uçun boşqa joyga, Samarqanddagi OTMlarga ham hujjat topşirişni xohlamaganman. Bu holatda heç kimni: davlatni ham, ta’lim tizimini ham ayblamayman. Öşa abituriyentlarga savollarni öqituvçilar işlab bergan bölsa, demak, ulardan ham yaxşiroq bölişim kerak edi, degan fikrlar xayolimdan ötadi. Sababi ular ham savolni işlay oliş uçun öqib örganişgan.
Öşandan keyin çet elga borib öqişga qaror qildim va şunga yaraşa tayyorgarlik köra boşladim. Moliyaviy imkoniyatlarimni, bilimimni hisobga olib öqişga borişim mumkin bölgan davlatlar xaritasini tuzdim. Hozir esa Germaniyadaman, öqişlarim yaxşi”, deydi u.
Vaşingtonda, “Amerika ovozi” naşrida işlayotgan vatandoşimiz Behzod Mamadiyev ham öqiş sababli çet elga ketgan.
Behzod Mamadiyev
“Men ham bir paytlar çet elga ketganman. Maqsadim öqiş edi. Dastlab, Hindistonda bakalavrni öqidim, undan keyin AQŞga magistratura darajasini oliş uçun kelganman. Asosiy maqsadim – yangi bilimlarga ega böliş edi. Öqişni tugatib AQŞda işlab qoldim.
Çet elda öqiş imkoni bölsa, buni hammaga taklif qilgan bölardim. Sababi çet elda öqiş, işlaş orqali yangi bilimlarni özlaştirasiz, madaniyatlar bilan tanişasiz, toqatliroq bölasiz. Bu – biz orzu qiladigan demokratik davlatni qurişda asqatadi”, deydi Behzod Mamadiyev.
Muhammadsaid Fatullayev Özbekistonga qaytişni, vatan taraqqiyoti uçun hissa qöşişni juda xohlaşini bildirdi. U öqişlari tugab, vatanga qaytib, öz biznesini boşlaşni xohlaydi, faqat biznesi qonunlar doirasida töla himoya qilinişini istaydi.
Bu esa Behzod Mamadiyevning fikri: “Men jurnalistman. Agar men kutganday şaroit bölsa, albatta, Özbekistonga qaytaman. Jurnalistga moddiy şaroitdan köra, haqiqiy ma’nodagi söz erkinligi, qonunlar doirasida xohlagan mavzuda axborot yiğa oliş va töplagan ma’lumotlarini heç qanday taşqi, içki senzuralarsiz, erkin tarzda tarqata oliş imkoni kerak. Mana şu şaroitning bölişi bizga özimiz uçun moddiy qulayliklar yaratib olişimizga ham imkon beradi”.
“Til örganayotgan yoşlarning hammasi ham ketiş istagida emas”
Asrorbek Toşev
Biz IELTS instruktori Asrorbek Toşevdan ingliz tilini örganayotgan yoşlar kayfiyati haqida söradik.
“Umuman olganda, ingliz tili örganadigan öquvçilarning köpçiligi xorij universitetlarida öqişni orzu qilişadi. Lekin ular içidan atigi 20-30 foizida aniq harakat va maqsad böladi. Çunki bu yerda bir neçta faktorlarni hisobga oliş kerak.
Birinçisi, albatta, moliyaviy omil. Ya’ni çet elga ketayotgan öquvçilar albatta, aksariyati universitetlaridan grant olib ketişni istaşadi, lekin buning uçun tanlov juda yuqori böladi. Bunda IELTS imtihonidan yaxşi natijaning özi yetarli emas. Boşqa akademik yutuqlarni ham qölga kiritgan va ularni namoyiş eta biliş kerak.
Hozirgi kunda turli agentliklar bor, şular orqali hujjat tayyorlab, Yevropa, Amerika va Osiyodagi boşqa universitetlarga ketayotgan talabalar ham köp. Lekin bu xizmatlar ham bepul emas.
Yana bir omil – jins va mentalitet faktori. Qizlarning ota-onalari nafaqat xorij, balki poytaxtda öqişga ham ba’zida ruxsat berişmaydi. Şuning uçun oqibatda mahalliy oliy öquv yurtiga topşirişga majbur bölişadi. Undan taşqari, çetga ketişning viza va şunga öxşaş boşqa taraflari ham bor”, – deydi Asrorbek Toşev.
Intellektlarning “surişi” “miya qurişi”ga olib keladi
“#surishkerak kayfiyatining ommalaşib ketişi jamiyat uçun salbiy ta’sir qiladi, deb öylamayman. Sababi migratsiyada ketiş bilan birga keliş ham mavjud, – deydi sotsiolog Zavqiddin Gadoyev. – Lekin bir tomoni borki, migratsiyaning eng salbiy tarafi – intellektlarning migratsiyasi hisoblanadi. Intellektlarning ketişi jamiyat uçun katta yöqotiş böladi. Intellektlarni vatanda olib qoliş uçun bir butun dastur işlab çiqilişi kerak. Hozir ham ma’lum miqdorda bunday dasturlar işlayapti, lekin ğalizliklar köp”.
Jurnalist Behzod Mamadiyevning fikri ham şunga öxşaş:
“Çetga fuqarolarning çiqib ketişining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Ijobiy tomoni viloyatlarda qança oilalar rözğor tebratyapti. Salbiy taraflaridan biri esa intellektlarning ham çetga çiqib ketişi bilan boğliq. Buni “miyaning qurişi” deb ham ataşadi. Bilimli kadrlarning boşqa davlatlarda kompaniyalar manfaati uçun işlaşi – mamlakatga zarar.
Lekin ularni faqatgina moddiy jihatdan yaxşi şaroit yaratib ham mamlakatga majburan qaytarib bölmaydi. Intellektlarning özlari ixtiyoriy ravişda mamlakatga qaytişni boşlaşi mamlakat farovon bölişiga yordam beradi. Ular esa ma’muriy-byurokratik tösiqlarsiz, qonun doirasida erkin işlaş imkoniga ega bölsa, mulkiy, fuqarolik huquqlari muhofazasi ta’minlansa, qaytadi. Bu – ijtimoiy-siyosiy vaziyat yaxşilanişi bilan birga, iqtisodiyotning ham gurkirab rivojlanişiga yordam beradi”.
“Özbekistonda hali raqobat juda kuçli emas, yaxşi kadr örnini topa oladi”
Firuz Allayev
Firuz Allayev, tadbirkor, Asaxiy.uz loyihasi asosçisi:
— Men #surishkerak ğoyasiga, odatda, butunlay qarşi bölaman. Sababi Özbekistonda hali rivojlaniş imkoniyatlari köp, raqobat hali juda kuçaymagan. Bu yerda nimadir yaratiş boşqa davlatlarga qaraganda osonroq. Sababi hali professional kadrlar yetişmovçiligi bor, qolaversa, oxirgi yillarda şaffoflaşiş amalga oşirilib, imkoniyatlar paydo böldi. Demak, butunlay suriş emas, inson özi ustida işlaşi kerak. Agar inson professional, tolerant, oçiq dunyoqaraşli bölsa, öqib-örgansa, u dunyoning xohlagan davlatida qadrlanadi.
Surişni esa faqat bir tomonlama qöllab-quvvatlayman: boşqa bir davlatga borib yaşaş inson uçun alohida hayot tajribasi böladi, dunyoqaraşda özgarişlarga olib keladi, hayotga boşqa tarafdan qaraş imkoni böladi. Şuning uçun ham köp sayohat qilganlarning dunyoqaraşi farqlanib turadi. Şu sababdan ham yoşlarning çetda öqişi yoki rivojlangan davlatlardagi kompaniyalarda 2-3 yoki 5 yil işlaşi doim foydaga xizmat qiladi. E’tibor berilsa, Özbekistondagi katta bizneslarning egalari ham çetda öqib, malaka oşirib kelişgan.
Çet elda qolib ketiş esa hammaning şaxsiy qarori. Lekin tuşuniş kerakki, Özbekistondek raqobat hali kuçli bölmagan davlatda haqiqiy bilimli kadr örnini topa oladi. Bilimli kadrlarning kelişi mamlakatda umumiy vaziyatning rivojlanişi va iqtisodiyotning rivojlanişiga ham hissa qöşadi.
Qoliş yo ketiş qarori
Aslida, xorijga köçib ketiş ham, kelajagini şu yurtda quriş ham hammaning öz şaxsiy qarori. Aniği şuki, davlat öz fuqarolari, intellektlari vatanning özida imkoniyatlarini namoyon qila oladigan, korrupsiyadan, nepotizmdan va taraqqiyotga tösiq böladigan har qanday tösiqlardan xoli jamiyat quriş yölida doimiy xarakatda bölişi kerak.
“Suriş kerak” trendi, garçi rivojlanayotgan davlatlar uçun tabiiy jarayon bölsa-da, jamiyat faol va bilimli a’zolarini yöqota borişi bilan xavfli. Buning oldini oliş uçun esa iqtisodiy ösişga erişiş bilan birga, siyosiy islohotlar ham davom ettirilmoği lozim. Iqtisodiy ösiş yaxşiroq maoş va şaroit istovçi yetuk kadrlar yurtda qolişiga sabab bölsa, siyosiy yangilanişlar ziyoli va ijodkor insonlarda öz kelajagini öz vatani bilan köproq boğlaşiga olib keladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi