Unda Özbekistondan Buyuk Britaniyaga qonuniy işçi kuçini jalb qiliş, migrantlarning kasbiy ta’lim va ingliz tili könikmalarini egallaşini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşma loyihalar körib çiqildi.
Şuningdek, Özbekiston hamşiralariga kasbiy ingliz tilini örgatiş orqali ularni Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş tizimida işga joylaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Uels tomoni Özbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oşirilgan islohotlar, viloyatlardagi tayyorlov kurslari va mehnat migrantlariga yaratilgan qulayliklar haqidagi ma’lumotlar bilan tanişdi.
Britaniya tomoni, öz navbatida, Özbekiston bilan kasbiy ta’lim yönalişida hamkorlikni yölga qöyişdan mamnun ekanligini bildirib, mamlakat hamşiralarining ingliz tili biliş darajasini oşirişda amaliy yordam berişga tayyorligini tasdiqladi.
CAVC English Academy Uelsdagi eng yirik kasbiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Öquv dasturlari turli soha vakillari uçun möljallangan. Muassasa 20 yildan beri faoliyat yuritadi va har yili 30 mingdan ortiq öquvçi uçun yuzlab kurslarni taklif qiladi.








