Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tolibon" Qozog‘istondagi tartibsizliklarga aloqadorligi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi
Afg‘oniston vaqtinchalik hukumatining axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid toliblar avval-boshdanoq "Qozog‘istondagi muammolarni oqilona va tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan"ini eslatdi.
"Tolibon" yanvar boshlarida Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklarda harakat jangarilari ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etadi. Bu haqda Afg‘oniston vaqtinchalik hukumatining axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid o‘z Twitter sahifasida yozdi.
"Qator OAV Qozog‘istondagi tartibsizliklarda ayrim afg‘onistonliklar ham ishtirok etgani to‘g‘risida rossiyalik rasmiy shaxslardan iqtibos keltirmoqda. Biz bunday ta’kidlarni qat’iyan rad etamiz. "Afg‘oniston islom amirligi" hech kimga boshqa davlatlarga zarar yetkazish yoki ishlariga aralashish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi va buning hech qanday isboti yo‘q", - deb yozdi u.
Shu bilan birga, Mujohid toliblar avval-boshdanoq "Qozog‘istondagi muammolarni oqilona va tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan"ini eslatib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, "Afg‘oniston hududidan boshqa mamlakatlarga nisbatan hech qanday tahdid bo‘lmaydi".
10 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istondagi tartibsizliklarda Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Afg‘oniston hamda Yaqin Sharq davlatlaridan jangarilar qatnashganini aytgandi.
31 yanvar kuni Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiya bu masalada qozog‘istonlik hamkorlariga to‘liq ishonishini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
09:15
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
17:43 / 19.06.2026