Oliy majlis Qonunçilik palatasining 2021 yil 24 avgust kuni bölib ötgan navbatdagi yalpi majlisida deputatlar qöşfuqarolik uçun javobgarlik nazarda tutilgan «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonuni loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qilgandi. Bu haqda quyi palata deputati Farhod Aşmatovga asoslanib Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan, şuningdek uşbu özgariş haqida IIVning «Postda» naşrida ham maqola çop etilgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Xalq vakillari qabul qilgan qonunda Özbekiston fuqarolari boşqa davlat fuqaroligini olgan taqdirda davlat organlarini xabardor qilmasa, javobgarlikka tortilişi mumkinligi aytilgandi.

«Ayrim davlatlarda qöşfuqarolik qonun bilan taqiqlanmagani sababli amaliyotda Özbekiston fuqarolari xorijda özlari bölib turgan mamlakat fuqaroligini qabul qiliş holatlari uçramoqda. Şuningdek, vakolatli davlat organlariga Özbekiston fuqarolari tomonidan çet davlat fuqaroligini qabul qiliş holatlarini aniqlaş vazifasi yuklatilgan, lekin amaldagi qonunlarga asosan, fuqarolarda uşbu fakt yuzasidan davlat organlariga xabar beriş majburiyati mavjud emas», - degan deputat Farhod Aşmatov.

Fuqarolarning mas’uliyatini oşiriş uçun qabul qilinayotgani aytilgan qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Özbekiston Respublikasi fuqaroligida bölgan va çet davlat fuqaroligini olgan şaxslarni, çet davlat fuqaroligini qabul qilgan kundan boşlab öttiz kalendar kuni içida xabar beriş tartibi joriy qilinadi;
  • Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan çet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uçun javobgarlik kiritiladi;
  • Özbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan şaxs tomonidan, Özbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanadi;
  • davlat xizmatçilari yoki hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida taşkiliy-boşqaruv yoxud ma’muriy-xöjalik funksiyalarni bajaradigan Özbekiston fuqarolari tomonidan çet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermagani uçun javobgarlik belgilanadi.