Jahon | 21:10 / 09.02.2022
13901
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Germaniyani «Rossiyaning asiri» deb atadi

Trampning fikricha, Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida o‘zini nomunosib tutgan.

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Germaniyani «Rossiyaning asiri» deb atadi.

«To‘g‘risini aytsam, Germaniya NATOni parokanda qilmoqda. Bu mamlakat —rostdan ham Rossiyaning asiri. Bunga hech qanday shubha yo‘q», — dedi u Fox Business telekanali efirida.

Tramp shuningdek, Germaniya kansleri Olaf Sholsni ham tanqid qildi.

Uning fikricha, Shols AQSh prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida o‘zini nomunosib tutgan.

Oq uy rahbari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi «Shimoliy oqim– 2»ning tugashi bo‘lishini aytganida, Shols «Baydenga xuddi «Nima haqida gapiryapsan?» degandek qaradi. U bu mavzuda hech narsa demadi», deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Olaf Shols vazifasiga kirishganidan buyon AQShga bordi. U AQSh yetakchisi Jo Bayden bilan Ukraina atrofidagi voqealar keskinlashib ketayotganini muhokama qildi. Muzokaralardan so‘ng, o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shols Rossiyaga qarshi keskin gaplar aytishdan o‘zini tiydi.

Mavzuga oid