Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Putinni G‘arb bilan muloqot qilishga chaqirdi
Buyuk Britaniya hukumati rahbari yaqin vaqt ichida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun Bayden va Yevropadagi davlat rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashadi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya rahbariyatini Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishining oldini olish uchun diplomatiya va muloqotga chaqirdi.
"Hozirda Ukraina atrofidagi vaziyat juda xavfli va murakkab bo‘lib turibdi. Biz jar yoqasidamiz, ammo prezident Putinda ortga qadam tashlash uchun vaqt bor. Biz jumladan, Rossiya uchun ham dahshatli oqibatlarning oldini olish uchun muloqotga chaqiramiz", - dedi u.
U AQSh prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya "yaqin 48 soat ichida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani rejalashtirayotgani"ni qo‘shimcha qildi.
"Men muloqot saqlanib qolishi muhim deb o‘ylayman, ammo NATOga a’zo bo‘lishni istayotgan ukrainaliklarning suveren huquqlari bilan savdolasha olmaymiz", - dedi Jonson.
Buyuk Britaniya hukumati rahbarining ma’lum qilishicha, u yaqin vaqt ichida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun Bayden va Yevropadagi davlat rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashadi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026