Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukrainani tark etgan deputatlarga qaytish uchun 24 soat vaqt berdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 nafar deputat Ukraina tashqarisida. Mamlakatni shuningdek, tadbirkorlar tark etayotgani xabar qilingan. 13 fevral kuni Kiyevdan 20ta charter reys uchib ketgan.
Foto: president.gov.ua
Davlat biznesga ta’sir o‘tkaza olmaydi va o‘tkazmaydi. Ukraina prezidenti mamlakatdan yirik biznesmenlarning chiqib ketishiga ana shunday fikr bildirdi.
«Ular o‘zlari uchun hukm chiqarib bo‘lishdi deb o‘ylayman, ammo ular o‘n minglab odamlar ishlayotgan o‘z korxonalariga qaytishlari kerak deb hisoblayman», — deya ta’kidladi u.
Zelenskiy shuningdek, xorijga chiqib ketgan oliy rada deputatlarini 24 soat ichida mamlakatga qaytishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda davlat «jiddiy xulosa chiqarishiga» to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, «Ukrainskaya pravda» nashri 23 nafar deputat mamlakat tashqarisida ekanligini xabar qilgandi.
Gazeta shuningdek, Ukrainani tadbirkorlar tark etayotgani, birgina 13 fevral kuni Kiyevdan 20ta charter reys uchib ketganini yozgan.
Mavzuga oid
15:52 / 21.01.2026
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
15:27 / 21.01.2026
Zelenskiy Davosga safari xavfsizlik kafolatlariga bog‘liqligini aytdi
15:01 / 21.01.2026
Yevroparlament Ukraina uchun YeI kreditini shoshilinch tartibda ko‘rib chiqishni ma’qulladi
11:05 / 21.01.2026