13 fevral kuni Kiyevdan 20ga yaqin charter reyslar va ukrain biznesmenlarining xususiy samolyotlari uçib ketgan. «Ukrainskaya pravda» xabariga köra, bunaqasi sönggi olti yillikda kuzatilmagandi.
Şu kuni Ukrainani Rinat Axmetovning (Forbes talqiniga köra, Ukrainaning birinçi raqamli milliarderi) va Boris Kolesnikovning (55-örin) samolyotlari tark etgan. Naşr ma’lumotiga köra, Axmetov 30 yanvar kuniyoq Tsyurixga yöl olgan, hozirda esa Kiyevdan uning yana bir samolyoti uçib ketgan.

Kolesnikov Ukrainada bölib turgani va heç qayerga ketmoqçi emasligini bildirgan.

Sönggi haftalarda Ukrainani köplab biznesmenlar tark etişgan. 30 yanvar kuni Viktor Pinçuk (Forbes röyxatida 2-örin), 10 fevral kuni — Vadim Novinskiy (8-örin) va Aleksandr Yaroslavskiy (9-örin), 12 fevral kuni — Vasiliy Xmelnitskiy (29-örin) va Vadim Stolar (64-örin), 13 fevral kuni — Andrey Stavnitser (49-örin) va Vadim Nesterenko (96-örin) mamlakatdan çiqib ketgan.
Stavnitserning vakili u xizmat safarida ekani va tez orada qaytişini ma’lum qilgan. Xmelnitskiyning matbuot xizmatidagilar uning safari oldindan rejalaştirilgani va u 20 fevral kuni qaytişi, biznesmenning farzandlari Ukrainada qolganini bildirgan.
Naşr manbasi ma’lumotiga köra, deputat Igor Abramoviç 50 kişi uçun xususiy bort buyurtma qilgan, bu reys Kiyevdan Venaga uning partiyadoşlarining va biznes-hamkorlarining qarindoşlarini olib uçişi möljallangan.









