Jamiyat | 21:00 / 17.02.2022
2436
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda Nexia va Vaz-2107 o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIB axborot xizmati

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 17 fevral kuni soat 09:30 lar atrofida “Namangan- Kosonsoy” 4R112 avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia rusumli avtomobilini Namangan-Kosonsoy yo‘nalishi tomon boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan VAZ 2106 avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Nexia avtomobili haydovchisi “o‘ng tizza qopqog‘i” sinishi tashxisi bilan, VAZ 2106 avtomashinasi haydovchisi esa “chap boldir suyagining yopiq sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, VAZ 2106 avtomashinasi salonida bo‘lgan yo‘lovchi “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotkizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid