Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi
18 fevral kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosat kengashining Abdulaziz Komilov boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida, shuningdek Kengashning 2021 yildagi faoliyati yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar ham ko‘rib chiqildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda muhokama qilindi», - deyiladi rasmiy xabarda.
2021 yil 27 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev amaldagi versiyasi ochiq manbalarda yo‘q bo‘lgan Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, konsepsiyani takomillashtirish 2021 yilgi davlat dasturiga ham kiritilib, 1 dekabrgacha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.
Keyinroq, 2021 yilning 30 dekabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida o‘tkazilgan TIV Hay’ati majlisida O‘zbekiston Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi ham muhokama qilingan.
Kun.uz bilan muloqot qilgan Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusufbek Qobiljonov yangi konsepsiya loyihasi diplomatlar va boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqish yakunlangach, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinishini bildirgan.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024