Jahon | 15:57 / 19.02.2022
4876
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda koronavirus sababli joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimi uzaytirildi

Koronavirus 933 mingdan ortiq amerikalikning umriga zomin bo‘ldi, jami kasallanishlar soni 78,3 milliondan oshdi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden 2020 yil martda koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimini uzaytirdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilindi.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 fuqarolar va AQSh xavfsizligiga tahdid solishda davom etmoqda.

"Shu sababli 2020 yil 13 martda e’lon qilingan milliy favqulodda vaziyat 2022 yil 1 martdan keyin ham kuchida qolishi lozim", - dedi Bayden.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus 900 mingdan ortiq amerikaliklarning umriga zomin bo‘ldi va unga qarshi kurashish uchun federal hukumatning barcha imkoniyatlari talab qilinadi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 78,3 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 933,7 ming bemor vafot etgan.

Mavzuga oid