Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hammasi maqsadli ishlatilyapti” - prezident tashqi qarz bo‘yicha xavotirlar o‘rinsizligini aytdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrifi doirasidagi faollar yig‘ilishida O‘zbekistonning tashqi qarzi masalasida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda, turli chiqishlarda ko‘p kuzataman – tashqi qarzimiz oshib borayotgani uchun tanqid qilishadi. Tanqid albatta mumkin, lekin asosli bo‘lsa. Birgina Sergeli tumani misolida olaylik, agar biz zarur resurslarni jalb qilmaganimizda qiymati 500 mln dollarlik metro loyihalarini amalga oshira olarmidik? Shuncha qurilishlarni tezkor bajararmidik? Hozir shuncha aholi uyli-joyli bo‘ldi, metrodan minglab odamlarimiz foydalanyapti. Zavodlar quryapmiz, ish o‘rinlari yaratyapmiz.
Tashqi qarz shu xalqimizning farovonligiga xizmat qilyapti. Eng muhimi – tashqi qarz miqdori qonun doirasida. Tashqi qarz ham hamma davlatlarga berilmaydi: ishonch borki, bizga taqdim qilishyapti. Hammasi maqsadli ishlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Boshqa davlatlar tashqi qarzi bilan solishtirganda bizniki ancha past ko‘rsatkichda”, – dedi prezident.
2021 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 37,6 mlrd dollarga yetgan. Moliya vazirligi Davlat qarzi departamenti 2023–2024 yillardan boshlab tashqi qarz miqdori kamayishi kutilayotganini bildirgan.
Amaldagi qonunchilikka binoan, davlat qarzining qoldig‘i YaIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak. 2021 yilning boshida YaIMga nisbatan davlat qarzining hajmi 38,8 foizni tashkil etgan. 2021 yil davomida esa bu ko‘rsatkich davlat qarzining o‘sish tempi barqarorlashgani hisobiga pasaygani ma’lum qilingan. Tashqi qarz bo‘yicha O‘zbekiston yuqori risk bo‘lgan davlatlar toifasiga kirmaydi.
2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,13 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2021 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, 34,74 mlrd dollar bo‘lgan va yil so‘ngida rasmiy zaxiralar qariyb 400 mln dollarga ko‘paygan.
Mavzuga oid
08:23 / 18.05.2026
Infografika: dunyoda eng katta tashqi qarzga ega davlatlar
11:20 / 08.05.2026
Nega hamma davlatning qarzi bor? O‘zbekistonning qarzi ko‘pmi-kammi?
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
10:07 / 03.04.2026