Özbekistonning kelgusi 5 yillikdagi taraqqiyot strategiyasida taşqi qarzni YaIMga nisbatan 60 foizdan oşirmaslik maqsadi belgilanmoqda. Moliya vazirligi Davlat qarzi departamenti direktori Jasur Qarşiboyev bu maqsad qançalik realligiga oid savolga javob berdi.

“Taşqi qarz mana şu 60 foizdan ösib ketmasligining mexanizmlari bor.

Birinçi mexanizmi – qonun. 2021 yildan boşlab davlat budjeti töğrisidagi qonunda (2022 yilda ham şunday körsatkiç bor) davlat qarzining qoldiği YaIMga nisbatan 60 foizdan oşmasligi kerakligi belgilangan. Ya’ni bu qonun bizga uni ijro qiliş majburiyatini yuklaydi.

Şundan kelib çiqib hisob-kitob qilamiz. Töğrisini aytiş kerak, xalqimizda hukumatning (taşqi qarzni) 60 foizgaça oşiriş niyati bor degan xavotir yöq emas. Biroq biz 50 foizgaça ham yetkazmaslik niyatidamiz.

Har yilgi oldindan limitlarni belgilab boriş natijasida bizda davlat qarzining hajmi hozirgi kunga kelib barqarorlaşdi. Misol uçun, 2021 yilning boşida YaIMga nisbatan davlat qarzining hajmi 38,8 foizni taşkil etgandi, yil davomida esa bu körsatkiç sal pasaydi, ya’ni davlat qarzining ösiş tempi barqarorlaşdi.

Biroq, oldin jalb qilingan qarzlarning özlaştirilişi natijasida yana bir neça yil davomida ösiş tendensiyasi kuzatiladi, 2023–2024 yildan boşlab qarz hajmi kamayişi, ya’ni YaIMga nisbatan barqarorlaşişi va pastga qarab tuşiş tendensiyasi kutilmoqda.

Nima uçun limit 60 foiz etib belgilangan? Ayrim qöşni davlatlarda ham qarz körsatkiçlari limitlari boşida pastroq qöyilgan. Lekin 2020 yilda kördik, kutilmagan şoklar böladi, bunday şaroitda YaIM ösmay qoladi. Şunday holat bölsa, biz qonunni qaytadan körişga majbur bölişimiz mumkin. Şuning oldini oliş uçun nisbatan maqsadli körsatkiçimiz 60 foiz deb qöyilmoqda”, – dedi Moliya vazirligi rasmiysi 12 yanvar kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.

Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 2021 yil 1 oktabr holatiga 37,6 mlrd dollarni taşkil qilgandi. Bu – 2021 yil 1 yanvariga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 mlrd dollarga köp.

2022 yilgi davlat budjetiga asosan, 2022 yilda davlat taşqi qarzlarini jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan hajmi 4,5 mlrd dollar, Özbekiston nomidan çiqariladigan davlat qimmatli qoğozlarining çeklangan sof hajmi 6 trln söm miqdorida belgilangan.

Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 2022 yil oxirigaça 30,4 mlrd dollarga yetişi