Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy bog‘ hududida San’at muzeyi quriladi
Toshkentda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Davlat san’at muzeyi qurilishi rejalashtirilmoqda. Muzey loyihasi 21 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.

Davlat san’at muzeyi loyihasi / Foto: Madaniyat va san’at fondi
Rasmiy relizda loyiha suratlari ilova qilinmagan. Ma’lum qilinishicha, taqdimot paytida dunyoga mashhur “Atele Brukner” arxitektura byurosi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar, ekspozitsiyalar va boshqa xonalarning joylashuvi rejasi ko‘rib chiqilgan.
Mazkur muzey Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi kutilmoqda.

Taqdimotda, shuningdek, 2022 yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkentda 1 million tup manzarali va mevali daraxtlar ekish rejalashtirilgani haqida ham so‘z borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Milliy bog‘ hududida Ma’naviyat shaharchasi qurilishini ma’lum qilgandi.
Ma’naviyat shaharchasi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbek milliy akademik drama teatri va O‘zbekiston davlat san’at muzeyini o‘z ichiga oladi.

"O‘zbekiston 24" telekanali efiridan kadr
Mavzuga oid

10:11
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa tushdi

18:35 / 22.09.2025
Endi isitish va issiq suv ta’minoti uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladi - Veolia Energy

16:27 / 22.09.2025
Toshkentda yana bir avtobus piyodani urib ketgani ma’lum bo‘ldi

23:33 / 21.09.2025