Toşkent şahrida 2022 yilda bir qator yirik obektlar – Ma’naviyat şaharçasi, Olimpiya şaharçasi va Yangi Özbekiston massivini foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdagi sessiyasida deputatlarga murojaat qilgan şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ma’lum qildi.

Hokimning aytişiça, 2022 yilda Toşkent şahrida quyidagi yirik obektlar topşirilişi reja qilingan:

  • Alişer Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Özbekiston Milliy kutubxonasi, Özbek milliy akademik drama teatri va Özbekiston davlat san’at muzeyini öz içiga olgan majmua – Ma’naviyat şaharçasi;
  • Islom sivilizatsiya markazi quriliş işlari davom ettiriladi;
  • cport musobaqalari böyiça Osiyo va Jahon çempionatlarini ötkaziş maqsadida Yangi Özbekiston köçasi böylab Olimpiya şaharçasini bunyod etiş boşlanadi;
  • Geologiya fanlari universitetidagi quriliş loyihasining ikkinçi bosqiçida laboratoriya, Davlat geologiya qömitasi ma’muriy binosi, geologiya fondi va sport majmuasi quriladi;
  • Toşkent şahrida 12ta «yaşil zona» va xiyobonlar hamda 25ta alleyalar taşkil etiladi;
  • Zamonaviy, energotejamkor qurilgan, sifatli uy-joylarga bölgan talabni qondiriş maqsadida Yangi Özbekiston massivi barpo etiladi. Ularda 1 ming 536 xonadonli 24ta köp qavatli uy, 3ta ijtimoiy soha obekti quriladi.

Bundan taşqari, transport infratuzilmasini yanada yaxşilaş maqsadida Qöyliq bozori bekatidan boşlab 2-bosqiç yerusti metro yönalişi qurilişi va Kiçik halqa yölidan Qipçoq köçasigaça bölgan 2-bosqiç yöl qurilişi kabi bir qator obektlarda quriliş işlari davom ettiriladi.

Şuningdek, Islom Karimov nomidagi Toşkent aeroportini Bobur köçasi bilan boğlab turuvçi yöl ötkazgiç qaytadan quriladi. Farğona yöli köçasidan Toşkent halqa avtomobil yöli köçasiga tuşiş uçun qöşimça yöl ötkazgiç quriladi.

Çöpon ota köçasidan Qipçoq köçasiga yangi yöl va qöşimça 3ta yöl ötkazgiç qurilişi işlari 2-bosqiçi yakunlanişi va 279 km markaziy va içki yöllar ta’mirlanişi reja qilingan.

Şu bilan birga, «Obod mahalla» dasturi doirasida 24ta mahallada 582,6 mlrd sömlik quriliş-obodonlaştiriş işlari amalga oşirilib, 96,8 ming aholining yaşaş şaroitlari yaxşilanişi kutilmoqda.