Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘inga tabiiy gaz rezina shlang orqali ulanganligi hamda isitish maqsadida qo‘lda yasalgan nostandart tunuka pechdan foydalanayotganligi sabab bo‘lgan.
Namangan viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 1 mart kuni soat 14:46 da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Ozod” MFY Fidokor ko‘chasi 1-berk 2-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Kelib tushgan ma’lumotga asosan, Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in joyi o‘rab olinib, bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonning shift va ichki qismidan 40 kv metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib, zararlangan. Yong‘inda fuqarolarning kuyib tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.
Yong‘in to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, xonadonning yong‘inga qarshi holati o‘rganilganda, tabiiy gaz rezina shlang orqali ulanganligi hamda isitish maqsadida qo‘lda yasalgan nostandart tunuka pechkadan foydalanayotganligi aniqlangan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026